A Seriyaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261
"La Gazzetta dello Sport" nashri Italiya chempionatining eng ko'p maosh oladigan futbolchilari ro'yxatini e'lon qildi.
Eng ko'p maosh oladigan futbolchilar o'nligidan «Yuventus»ning besh nafar futbolchisi o'rin oldi. Shuningdek, uch «Inter» futbolchisi, «Milan» va «Roma»ning bir nafardan o'yinchisi top-10 likdan joy olgan.
Ro'yxat etakchisi Krishtianu Ronalduning maoshi A Seriyaning istalgan futbolchisiga nisbatan karrasiga ko'p. Portugaliyalik futbolchining turinliklar safidagi maoshi yiliga 31 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov 1,3 million evro maosh olishi va bu borada o'z klubining etakchilaridan biri ekani haqida xabar berilgandi.
Top-10 quyidagicha ko'rinish oldi:
1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 31 million evro;
2. Matteys de Ligt («Yuventus») – 8 mln;
3-5. Romelu Lukaku («Inter») – 7,5 mln;
3-5. Edin Jeko («Roma») – 7,5 mln;
3-5. Kristian Eriksen («Inter») – 7,5 mln;
6. Paulo Dibala («Yuventus») – 7,3 mln;
7-10. Zlatan Ibrahimovich («Milan») – 7 mln;
7-10. Aleksis Sanches («Inter») – 7 mln;
7-10. Adrien Rabo («Yuventus») – 7 mln;
7-10. Aaron Remzi («Yuventus») – 7 mln.