A seriyada eng ko'p maosh oluvchi italiyalik futbolchi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya chempionatida eng ko'p maosh oladigan italiyalik futbolchi ekani ma'lum bo'ldi. Bu haqda "Gazzetta dello Sport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Bonuchchining yillik maoshi 6,5 mln evroga teng. Ikkinchi pog'onani «Milan» davrozaboni Janluidji Donnarumma (6 mln) egalladi. Kuchli uchlikka esa «Yuventus»ning yangi futbolchisi Federiko Keza (5 mln evro) kirdi.
Shuningdek, kuchli beshlikdan «Napoli» sardori Lorentso Insine (4,6 mln) va «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile va «Yuventus» forvardi Federiko Bernardeski (ikkisi — 4 mln evro) o'rin olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279