JCh-2022 saralash. Braziliya - Boliviya - 5:0. Neymar raqiblarni necha marta aldab o'tdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Janubiy Amerika qit'asida boshlangan JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Braziliya - Boliviya uchrashuvida mezbonlar 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Mazkur o'yinda braziliyalik hujumchi Neymar raqiblarini 18 marta muvaffaqiyatli aldab o'tdi. "Opta" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, bu ko'rsatkich KONMEBOL mintaqasida so'nggi 3ta jahon chempionati saralash bosqichidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Neymar Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining natijasini yangiladi. Leo 2011 yilda Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda 15ta muvaffaqiyatli aldab o'tishni amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275