Ispaniya hukumati EChL o'yinlarida muxlislarni stadionga kiritmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243
Evropa chempionlar ligasi bahslarida ispaniyalik muxlislar stadionlarga kira olishmaydi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Avvalroq UEFA terma jamoalar o'yinlari va evrokuboklarda stadionlarning 30 foiziga ishqibozlarning kirishiga ruxsat bergan edi. Shu bilan birga, bu borada yakuniy qaror mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilinishi belgilab qo'yildi. Manbaga ko'ra, Ispaniya hukumati UEFAga xat yo'llab, kamida ushbu yil oxiriga qadar sport tadbirlariga tomoshabinlarning kirishiga yo'l qo'yilmasligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasida Ispaniya sharafini «Real», «Barselona», «Sevilya» va «Atletiko» klublari himoya qiladi. Evropa ligasida esa «Granada», «Real Sosedad» va «Vilyarreal» klublari ishtirok etishadi.