«Arsenal» Mesut O'zilni Evropa Ligasi qaydnomasiga kiritmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

Londonning «Arsenal» klubi Mesut O'zilni Evropa Ligasi qaydnomasiga kiritmadi.
Asli turk millatiga mansub bo'lgan germaniyalik futbolchi oxirgi marta 2020 yilning 7 mart sanasida maydonga tushgandi. Joriy mavsumda ham O'zil hali biror marta maydonda ko'rinish bergani yo'q. U «Arsenal» safida 2013 yildan beri to'p surib keladi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Shuningdek, Sokratis Papastatopulos va Vilyam Saliba ham Evropa Ligasi o'yinlarida qatnasha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» guruh bosqichida «Rapid» (Avstriya), «Molde» (Norvegiya) va «Dondalk» (Irlandiya) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176