Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576

Coca-Cola Superligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnoma natijalari e'lon qilindi.
Unga ko'ra, Qarshining «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Berdiev boshchiligidagi jamoa sentyabr oyida 4 ta o'yin o'tkazib, 3 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi.
Qayd etish joiz, Ro'ziqul Berdiev bu yo'lda «Paxtakor» ustozi Shota Arveladze va «Lokomotiv» murabbiyi Temur Kapadzeni ortda qoldirdi.
Avgust oyida mazkur sovrinni «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze qo'lga kiritgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175