O'zbek futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilar (Top 10)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1061

Transfer olami yangiliklariga qiziqmaydigan futbol muxlisi bo'lmasa kerak. Bugun biz sizlarga O'zbek futbolchilarining (transfermarket sayti ma'lumotlari asosida) o'z karerasi davomida eng yuqori formaga chiqqan vaqtidagi narxlarini e'lon qilamiz. Xabaringiz bor, ushbu portal futbolchilarning imkoniyatlariga qarab narxlarni o'zgartirib boradi. Biz ushbu o'nlikda balans bo'lishi uchun futbolchilarning eng baland narxlarini olishga qaror qildik. Xo'sh, transfermarket portali tomonidan eng baland narx qo'yilgan o'zbek futbolchisi kim? Bugun ushbu savolga qisqacha javob berishga urinib ko'ramiz.
Oston O'runov - 1.5 million evro, 2020 yil «Spartak»

Rossiya chempionati o'yinlari orqali tezda «Spartak» e'tiborini qozongan hamyurtimiz kuchli o'nlikni ochib beradi. Ayni damda, taniqli transfermarket portali yarim himoyachini 1,5 million evroga baholamoqda. Umid qilamizki, Oston uchun bu shunchaki boshlanishi xolos.
Jaloliddin Masharipov - 1.8 million evro, 2020 yil «Paxtakor»

Ayni damda, milliy chempionatimizdagi eng saviyasi baland bo'lgan futbolchi 9-o'rindan joy olmoqda. Afsuski, Masharipovning transfer summasi pik nuqtaga chiqib bo'ldi. Agar tezroq, xorij klublaridan biri bilan shartnoma imzolamasa, uning transfer summasi keskin kamayib ketishi mumkin. Uning xalqaro maydondagi natijalari transfer summasining keskin o'sib ketishini ta'minlaydi.
Igor Sergeev - 2 million evro, 2016 yil «Beyjing Guan»

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 2016 yilda Xitoy klubi bilan shartnoma imzolagani ko'pchilikning yodidan ko'tarilib ketgan bo'lsa, ajab emas. Hujumchi bir muncha fursat Chin yurtida faoliyat olib bordi, biroq bu davrlarni uning uchun omadli o'tdi deb bo'lmaydi. Qahramonimiz, sermahsullikni yo'qotib qo'ygach, ortga qaytishga majbur bo'ldi. E'tiborlisi shundaki, hujumchini o'sha davrlarda Transfermarket portali 2 million evroga baholangan. Bugun esa, bu summa 1,5 million tashkil etmoqda.
Sardor Rashidov - 2 million evro, 2017 yil "Al-Jayish"

2015 yilda Avstraliya yashil maydonlarida o'tgan qit'a birinchiligining kashfiyotga aylangan Rashidov ham kuchli o'nlikdan o'rin egallamoqda. Hujumchi aynan o'sha yili transfermarket nashri e'tibor markaziga tushadi. Qisqa muddat ichida 2 million evroga qadar narxi ko'tarilgan futbolchi 2017 yilga qadar o'z transfer summasini ushlab turishga muvaffaq bo'ladi.
Otabek Shukurov - 2 million evro, 2019 yil «Sharja»

Otabek Shukurov Evropa klublarida to'p surishni reja qilgan edi, biroq BAA klubiga o'tgach undagi progress biroz sekinlashdi. Orttirilgan jarohatlar esa, uning sport formasini tiklashida muomala paydo qildi. Quvonarlisi shundaki, qahramonimiz sekin-asta yana o'z darajasiga qaytmoqda. Umid qilamizki, u ham tez orada Evropa klublaridan birida ko'rinish beradi.
Maksim Shatskix - 4 million evro, 2007 yil «Dinamo Kiev»

O'zbek futbolchilari ichida birinchilardan bo'lib EChLda ishtirok etga va gol kiritgan hujumchimiz bilan faxrlanishimiz mumkin. Madridning «Real» jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan hujumchini o'z vaqtida Transfermarket 4 million evroga baholagan. Bu biroz kichik summadek ko'rinishi mumkin, biroq bundan 13 yil ilgari «Dinamo» futbolchi uchun 4 million shunchaki fantastik ko'rsatgich edi.
Server Jeparov - 4 million evro, 2009 yil «Bunyodkor»

Futbol tariximizda ilk bor «Osiyoning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida g'olib chiqqan Server Jeparovni unutmagan bo'lsangiz kerak. Yarim himoyachi ikki bor ushbu sovringa ega chiqibgina qolmay, faoliyati davomida Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Eron chempionatlarida muvaffaqiyatli to'p surdi. «Bunyodkor» bilan Osiyo chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib keldi. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida juda ishonchli o'yin namoyish etdi. Umuman olganda uning faoliyatiga havas bilan qarash mumkin. Jeparovni transfermarket 2009 yilda 4 million evroga baholadi. Bu ko'rsatgich uning karerasida eng baland cho'qqi sifatida tarixda qoldi.
Eldor Shomurodov - 6,5 million evro, 2020 yil «Jenoa»

Yaqindagina "A Seriya"ga ko'chib o'tgan hamyurtimiz kuchli uchlikni ochib beradi. «Mash'al» klubi tarbiyalanuvchisi «Rostov»dagi o'yinlari orqali o'z transfer summasini keskin oshirib oldi. Ayniqsa, o'tgan mavsumdagi gollar sababli u bilan bir nechta klublar qiziqib qoldi. Yangi mavsumda esa, uzoq kutilgan transfer amalga oshdi. Transfermarket portali hamyurtimizni 6,5 millionga baholagan bo'lsada, Italiya klubi uni qo'lga kiritish uchun 7,5 milliondan voz kechdi. Biz o'z kriteriyalarimizga sodiq qolgan holda, transfermarket portalidagi ma'lumotlar asosida uni uchinchi o'ringa joylashtirdik.
Vitaliy Denisov - 7 million evro, 2016 yil «Lokomotiv»

Denisov «Dnepr» sharafini himoya qilayotgan paytlarda uni Evropaning kuchli chempionatlarida ko'rishni orzu qilar edik. Qahramonimiz Rossiyaning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzoladi va RPLga ko'chib o'tdi. E'tiborlisi shundaki, uning bu qarori o'zini to'liq oqladi. Vitaliy «temiryo'lchilar» safida Rossiya chempionligi va mamlakat kubogida zafar quchdi. Ayniqsa, 2014-2016 yillar oralig'ida uning sport formasi pik nuqtaga ko'tarildi. «Tor» laqabli futbolchi Moskva klubining asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va har bir uchrashuvda to'liq to'p surdi. Transfermarket portali esa, 2016 yilda uning narxini 7 million evroga qadar ko'tarib qo'ydi. Qanot himoyachisi uchun bu shunchaki super natija!
Odil Ahmedov - 9 million evro, 2016 yil «Krasnodar»

Faoliyatini «Paxtakor» jamoasida boshlagan termamiz sardori birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqda. 2011 yilda Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidan so'ng, hamyurtimizga bo'lgan talab keskin oshib ketdi. Uni qo'lga kiritish uchun bo'lgan kurashda Suleyman Kerimovning "Anji"si g'olib chiqdi va Odil RPLga o'tdi. "Anji" proekti kutilmaganda tanazzulga uchragach, qahramonimiz »Krasnodar« bilan shartnoma imzoladi va o'zining eng yaxshi mavsumlarning o'tkazdi. 2016 yilda uning transfer qiymati 9 million evroga qadar ko'tarildi. Keyinroq, rus klubi Xitoyning »Shanxay SIPG" jamoasiga uni 7 million evroga sotib yubordi. Ayni damda, qahramonimiz ijara asosida «Tyanszin TEDA» sharafini himoya qilmoqda.
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
175