Milliy terma jamoamiz delegatsiyasi bugun BAAga yo'l oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Dubay shahrida davom ettiradi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov 12 oktyabr kungi BAAga qarshi o'yin uchun Milliy jamoamizga 24 nafar futbolchini jalb etgan.
MTJ delegatsiyasi bugun Toshkent-Dubay HY333 havo reysi bilan soat 17.50 da Birlashgan Arab Amirliklari tomon parvoz qiladi. Delegatsiya mahalliy vaqt bilan 20.25 da Dubay xalqaro aeroportiga etib boradi.
Shundan so'ng, Milliy terma jamoamiz vakillari “Al Bustan Rotana” mexmonxonasiga joylashadi. Jamoa a'zolari ertaga BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173