Dembele dam olish kunlari ham «Barselona» mashg'ulotlariga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241
«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele dam olish kuni taqdim etilganiga qaramay, klub bazasiga tashrif buyurdi va shug'ullandi.
"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi jismoniy holatini yaxshilash maqsadida payshanba kuni klub bazasida mashg'ulot o'tkazdi. Bu orqali Dembele o'z organizmini mustahkamlab, keyinchalik ro'y berishi mumkin bo'lgan jarohatlarning oldini olmoqchi. Natijada Usmon yangi bosh murabbiy Ronald Kuman qo'lostida o'zini yaxshi tomondan namoyish etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoalar o'yinlari tufayli "ko'k-anorranglilar" futbolchilariga 4 kunlik qisqa ta'til berildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!