Otabek Shukurov: "Rasmiy o'yinlarda bugungi kabi xatolarga yo'l qo'ymaslikka intilamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 307
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Eron termasidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bismillahir Rohmanir Rohiym, avvalo, o'yin uchun rahmat. O'ylaymanki, muxlislar teleekran orqali ham bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. To'g'ri, mag'lubiyatga uchradik. Hamma biladiki, Eron Osiyo grandlaridan biri sanaladi.
Ishlashda davom etmoqdamiz. O'z uyimizda mag'lubiyatga uchraganimiz uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Inshaalloh, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonamiz. Nazorat va rasmiy o'yinlarda bugungi kabi xatolarga yo'l qo'ymaslikka intilamiz. Jahon chempionatiga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - dedi Shukurov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!