EChL—2020/21. Mukofot jamg'armasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
48UEFA Evropa chempionlar ligasining joriy mavsum uchun klublarga ajratiladigan mukofot pullari miqdorini e'lon qildi.
Guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan 32ta klubning har biri kamida 15,25 mln evroni qo'lga kiritadi.
Shuningdek, jamoalar guruh bosqichidagi ishtirokiga qarab alohida mukofot pullari olishadi: har bir g'alaba uchun — 2,7 million evro, har bir durang uchun — 900 000 evro.
Pley-off bosqichiga chiqqan klublar quyidagicha mukofot pullariga umid qilishlari mumkin:
— nimchorak final bosqichiga chiqqani uchun — 9,5 mln evro;
— chorak final bosqichiga chiqqani uchun — 10,5 mln evro;
— yarim final bosqichiga chiqqani uchun — 12 mln evro;
— finalga chiqqani uchun — 15 million evro.
Chempionlar ligasi g'olib qo'shimcha 4 million evroni qo'lga kiritadi.