Shomurodovning «Jenoa»dagi raqami ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 826

O'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'zining yangi jamoasi "Jenoa"da raqam tanladi.
Hamyurtimiz genuyaliklar safida 61-raqamli futbolkada harakat qiladigan bo'ldi. Bu haqda futbolchining sobiq klubi "Rostov" Tvitter orqali xabar tarqatdi.
"Shomurodov "Jenoa"da o'ziga raqam tanladi va bunda bizni unutmadi. 61 — Rostov viloyati mintaqaviy kodi hisoblanadi. Eldor yangi klubida aynan ushbu raqam ostida o'ynaydi!" — deyiladi rostovliklar bayonotida.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Shomurodov 7,5 million evro evaziga "Jenoa"ga o'tgan edi. U Genuya shahri jamoasi bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230