"Milan" ikki futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 458
"Milan" klubi darvozabon Donnarumma va yarim himoyachi Haqan Chalhanog'lu bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Italiya matbuotining xabariga ko'ra, Mino Rayola mijozi Donnarummaning shartnomasi borasida muzokaralarni boshlab yubordi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yili yakuniga etadi.
Chalhanog'lu ham xuddi shunday vaziyatda. Milanliklar Haqan jamoani tekinga tark etishidan qo'rqmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, ikki futbolchining ham maoshlari oshiriladi. Hozircha tomonlar ijobiy muzokara olib borishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!