«Paxtakor»ning OChL-2020dagi ishtiroki yakunlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435
Qatarda markazlashgan holda o'tgan Osiyo chempionlar ligasida «Paxtakor» chorak finalgacha etib bordi.
Oxirgi marta "Sherlar" Chempionlar Ligasida guruh bahslaridan 2010 yilda nimchorak finalga yo'l olishni uddalagandi. 2009 yildan beri esa chorak finalda o'ynash nasib qilmagandi. Joriy mavsumda "Paxtakor" ushbu noxush an'analarga barham berishga erishdi. Bungacha jamoamiz 2003, 2004 va 2009 yillarda musobaqaning chorak finalida o'ynagandi.
Shu tariqa 11 yil chorak finalsiz davom etgan noxush natijaga chek qo'yildi. Shu tariqa "Sherlar" 4-bor musobaqa chorak finalida o'ynashdi. So'nggi mavsumlarda jamoaning turnirdagi natijasi yuqoriga tomon harakatlanmoqda. 2019 yil guruh bosqichida yaxshi o'yin ko'rsatib, barcha jamoalarga etarlicha qarshilik ko'rsata olishini isbotlagan "Paxtakor" bu yil Osiyo etakchilariga safiga qaytayotganini namoyish qildi.
"Al-Hilol" bilan rasman bekor qilingan ikki o'yinni hisobdan chiqarib tashlasak, "Paxtakor" OChL-2020da jami 6 o'yinda maydonga tushib, 4 g'alaba, bittadan durang va mag'lubiyatni qayd etdi. Raqib darvozasiga 8 gol urilib, darvozamizdan 4 to'p o'tkazib yuborildi.
Agarda ushbu mavsumdagi ko'rsatkichlar hisobga olinganda, «Paxtakor» O'zbekistonga eng katta ball koeffitsentini keltirgan bo'lardi. "Paxtakor" koeffitsent uchun jami 19 ball to'plashga erishgandi. Biroq OFK Kubogi musobaqasi yakuniga etmagani sababli joriy yilgi ballar hisobga olinmaydi.