Ronalduni zo'ravonlikda ayblagan ayol futbolchining ustidan yana sudga shikoyat kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 723
Krishtianu Ronaldu yana zo'ravonlikda ayblanmoqda. 35 yoshli amerikalik model Ketrin Mayorga portugaliyalik futbolchini yana jinoiy javobgarlikka tortmoqchi. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
2018 yilda ushbu ayol Ronaldu ustidan sudga murojaat qilib, 2009 yilda futbolchi o'zini zo'rlaganini ma'lum qilgan edi. Ushbu ma'lumotni sir saqlash uchun Krishtianu Ketringa 375 ming dollar to'lagan. Hozir esa Mayorga shartnomani to'liq anglab etish uchun "etarli ruhiy holatda bo'lmaganini" ta'kidlamoqda.
Las-Vegas sudi ushbu ishni dekabr oyida ko'rib chiqish uchun belgiladi. Ayol o'zining ruhiy holati haqiqatan ham kerakli darajada bo'lmaganini ekspertlarga isbotlasa, Ronaldu sudda ko'rsatma berishiga to'g'ri keladi.
Politsiya 2019 yilning yozida dalillar etarli bo'lmagani uchun Ronaldudan ayblovni olib tashlagan edi. Krishtianuning o'zi barcha ayblovlarni inkor qilgan edi.