«Barselona» nima uchun Depayning transferini amalga oshira olmagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 429
«Barselona» yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar «Lion» hujumchisi Memfis Depayning transferini amalga oshira olmadi.
"RMC Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hujumchi Usmon Dembeleni «Manchester Yunayted»ga sota olmagani uchun yangi forvard xarid qila olmadi.
Kataloniyaliklar 23 yoshli o'yinchining transferidan tushadigan summani niderlandiyalik futbolchining transferi uchun sarflashni ko'zlashgan edi.
Eslatib o'tamiz, transfer oynasi yopilish arafasida «Barselona» Dembeleni «MYu»ga ijaraga berishga rozi bo'lgan edi. Shu bilan birga klub frantsiyalik o'yinchiga shartnomani uzaytirishni taklif qildi. Ammo Usmon bunga rad javobini bergani uchun transfer amalga oshmay qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!