Koronavirus: "Barselona" yana maoshlarni kamaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

«Barselona» hamon moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolmoqda.
Ortda qolgan moliyaviy yil yakunlariga ko'ra klub 97 million evro miqdorida zarar ko'rdi. Rahbariyat yangi hisobot davrida vaziyat yanada og'irlashib ketishidan xavotirda.
Bunga yo'l qo'ymaslik uchun «Barselona» rahbariyati futbolchilardan ish haqini kamaytirishni so'ramoqchi.
Cadena SER ma'lumotlariga ko'ra, muzokaralar «norasmiy aloqalar» orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, klub yillik to'lovlarni ham kamaytirish uchun shartnomalarni uzaytirishni taklif qilmoqchi.
Ma'lumot o'rnida, «Barselona»ning 2019 yildagi ish haqi xarajatlari 642 million dollarga baholangandi (taxminan, 545 million evro).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229