"Qadriga etilmagan – Tomas Parti"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 492

Kecha transferlar oynasining so'ngi kunida meni biroz hayron qoldirgan transfer "Atletiko" tayanch yarim himoyachisi Tomas Partining "Arsenal"ga ko'chib o'tgani bo'ldi.
Oxirgi paytlarda maoshi ko'tarilishini kutaverib zerikgan "Atletiko" tarbiyalanuvchisining oxiri toqati toq bo'lgan ko'rinadi. U Simeonening say-harakatlariga qaramay qadriga yetmagan jamoasini tark etdi. Rodri ketganidan so'ng tayanch yarim himoyada birgina Tomas Partiga suyanib qolgan Simeone endi undan ham ayrildi va unga o'rinbosar izlashiga to'g'ri keladi.
"Arsenal" esa aksincha Matteo Genduzidan qutilganiga xursand. O'zining "chiroyli xulq"i bilan Artetani jig'ibiyron qilgan fransiyalik futbolchi o'rniga sistematik futbolchi olib kelindi. Simeone uni La Ligadagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilardan biriga aylantirgan edi. Menimcha Tomas Parti "Arsenal"da tezda o'z o'rnini topib jamoaning muhim futbolchisiga ayalana oladi.
Hasan Turdaliev.

Bosh sahifaga
253