Samvel Babayan Xitoy klubidan iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

Xitoy birinchi ligasida ishtirok etayotgan "Changchun Yatay" klubi bosh murabbiy, o'zbekistonlik Samvel Babayan ishdan ketganini e'lon qildi.
Babayan bu jamoani 2019 yilning dekabridan beri boshqarib kelayotgandi. "Changchun Yatay" joriy mavsumda 7ta o'yindan keyin 14 ochko to'plagan holda guruhda 2-o'rinni egallab turgandi.
Samvel Babayan nega iste'foga chiqarilgani haqida xabar qilinmagan.
Manba: uzreport.newsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214