Rasman! PSJ yana bir transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 545
"Portu" himoyachisi Danilu Pereyra "PSJ"ga o'tdi. Bu haqda parijliklarning rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parijliklar futbolchini 2021 yil iyungacha ijaraga oldi. Oldinroq Pereyraning xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
O'tgan mavsumda Pereyra "Portu" tarkibida 40ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: football24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!