«PSJ» «Everton» hujumchisining transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364
«Everton» hujumchisi Moyze Kin ijara asosida «PSJ» safiga o'tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Futbolchi bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolandi. Parijliklar uning transferini sotib olish majburiyatini o'z zimmalariga olishmaydi.
Kin 2016-2019 yillarda «Yuventus» sharafini himoya qilib, shundan so'ng 27.5 mln. evro evaziga «Everton»ga ko'chib o'tgan edi.
20 yoshli futbolchi mavsum-2020/21da mersisaydliklar safida 4ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U «Yuventus» safida 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!