A seriya. «Latsio» - «Inter» bahsida g'olib aniqlanmadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

Italiya chempionatining 4-turi doirasida markaziy o'yinlardan biri Rimdagi "Olimpiko" stadionida bo'lib o'tdi.
«Latsio» va «Inter» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi. Bahsning 30-daqiqasida Lautaro Martines hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Sergey Milinkovich-Savich muvozanatni tikladi.
Bahsning 69-daqiqasida o'tgan mavsum to'purari Chiro Immobile maydondan chetlatilgan bo'lsa, o'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida "Inter" futbolchisi Sensi bu borada "muvozanatni tiklab qo'ydi".
Shu tariqa, har ikki jamoa 2 ochkodan mahrum bo'lishdi.
Italiya A seriyasi, 4-tur
Latsio – Inter 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 30 Martines, 1:1 – 55 Milinkovich-Savich.
Latsio – Strakosha, Acherbi, Radu (Bashtush, 16; Parolo, 46), Gabarron, Latstsari, Leyva (Eskalante, 80), Marushich (Fares, 35), Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Akpa-Akpro, 80), Korrea, Immobile.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Shkrinyar (D`Ambrozio, 79), Bastoni, Xakimi, Barella, Galyardini (Sensi, 67), Perishich (Yang, 67), Vidal (Brozovich, 73), Lukaku, Martines (Sanches, 79).
Ogohlantirishlar: Fares (37), Lukaku (42), Vidal (70), Yang (77), Latstsari (79), Gabarron (86), Barella (90).
Chetlatishlar: Immobile (69), Sensi (86).

Bosh sahifaga
231