Pirlo: «Boshqacha to'p tepamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 405
Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo «Napoli»ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashib o'tdi.
“O'ylashimcha, ushbu uchrashuv albatta bo'lib o'tadi. Biz boshqa o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak, shunday ahvoldamiz. Ayni damdagi, vaziyat juda og'ir, biroq hamma uchun sharoit bir xil.
Men murabbiy sifatida eksperimentlarim foyda bermadi deb hisoblamayman. Balki, «Napoli»ga qarshi yangicha uslubdan foydalanarmiz. Biz tavakkal qilib ko'rishimiz lozim. «Napoli»ga qarshi uchrashuv ham bundan mustasno emas.
Bizning Rimdagi ochko yo'qotishimiz, taktik o'zgarishlarni yanada mukammalashtirish lozimligini ko'rsatib turibdi. Shuningdek, futbolchilarning o'zgartirishdagi kamchiliklar ham ko'zga tashlanib qoldi.
Biz «Roma»ga qarshi hujumda zonalarni egallashda oqsadik. Balki, «Napoli»ga qarshi o'ng qanot hujumini yanada kuchaytirishga qodir futbolchini maydonga tushirarmiz. Barchasi hozircha farazlar xolos. Hammasini maydondagi uchrashuvda bilib olishingiz mumkin”.
Manba: Tuttosport