Zidan: "Asosiy futbolchilar yo'qligida ijobiy natijalarni kafolatlamayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa tarkibida jarohat olgan futbolchilar soni ko'payib ketganidan norozi ekanligini yashirmadi.
«Alvaro Odriosola va Dani Karvaxallar bilan sodir bo'lgan voqeadan norozimiz, lekin, bu o'zimizni oqlash uchun omil bo'la olmaydi. Ularning o'rnilariga boshqa futbolchilar o'ynashadi. Menga jarohatlar yoqmayapti, lekin, bu barchada bo'lishi mumkin. Biz sabrli bo'lishimiz kerak.
Asosiy futbolchilar tarkibda yo'qligida ijobiy natijalarni kafolatmay olmayman.
Azar tiklanishda davom etmoqda. U tezda tilanib ketmaydi. Bilmadim, nega u tez-tez jarohat olishini tushunmayman. Bu meni g'azablantirmoqda», — dedi Zidan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!