Kavani Manchesterga etib keldi va bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga o'tishga yaqin turibdi.
talkSPORT tarqatgan ma'lumotga qaraganda, bugun, 4 oktyabr kuni 33 yoshli urugvaylik futbolchi Manchester shahriga etib keldi va "qizil iblislar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Kavanining "Manchester Yunayted" klubi bilan tuzadigan shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan. Bungacha Kavaniga "Yuventus", "Roma", "Gremio", "Benfika" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirdi, biroq, urugvaylik futbolchining moliyaviy talabi yuqoridagi klublarni qoniqtirmagan.
Kavani "PSJ" tarkibida 2013 yildan 2020 yilgacha to'p surdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!