"Everton" futbolchisiga APLning uch klubi davogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396

Angliyaning «Everton» klubi futbolchisi Teo Uolkott shu transfer bozorida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Jamoaga Xames Rodriges kelganidan keyin Uolkott asosiy tarkibda maydonga tushmayapti.
Teamtalk nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Uolkottga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda. «Vest Xem», «Nyukasl» va «Kristal Pelas» klublari 31 yoshli futbolchini o'z tarkiblarida ko'rish niyatida.
Transfermarkt portali Uolkottning transfer narxini 12 million evro atrofida baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219