Pirlo Ronaldu haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo Krishtianu Ronalduning natijalari haqida fikr bildirdi.
"Ronaldu juda ko'p mashq qiladi. U mashg'ulotlarga birinchi bo'lib keladi va eng oxirida uyiga qaytadi. Mavsumni juda yaxshi boshladi. Umid qilamanki, ushbu o'yinini mavsum oxirigacha ko'rsatadi.
U har bir o'yinda bitta yoki ikkita gol urishini xohlayman. Ronaldu haqiqatdan ham biz uchun muhim futbolchi", - Pirloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi A Seriyaning ikkita o'yinida ishtirok etib, uchta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213