Yakuniy qaror: "Barselona" Dembeleni sotadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 396
"Barselona" hujumchi Usmon Dembeleni boshqa klubga sotmaslikka qaror qildi. Bu haqda Ispaniya matbuotiga Kataloniya sport direktori Ramon Pleyns xabar berdi.
Unga ko'ra, "Barsa" "Manchester Yunayted" bilan hech qanday muzokara olib bormayapti. Klub ushbu mavsumda frantsiyalik yosh futbolchiga umid qilmoqda.
Oldinroq Lionel Messi ham Dembeleni jamoada qolishini istayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: football24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!