Rasman! "MYu" futbolchisi Rimga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Andreas Pereyra Rimning "Latsio" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda "Latsio" klubi o'zining rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.
Futbolchining ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Shuningdek, shartnomada "Latsio" Pereyrani keyinchalik sotib olish huquqini o'zida saqlab qolishi ko'rsatilgan.
24 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda "MYu" tarkibida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261