"Barselona" futbolchisi "Real" himoyachisining o'rnini egallaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 622
Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Serdji Roberto Ispaniya terma jamoasining oktyabr oyidagi o'yinlariga taklif etilganligi haqida Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Roberto «qizil furiya» tarkibida Madridning «Real» himoyachisi – Dani Karvaxalni o'rnini egallaydi. Chunki, "Real" himoyachisi mashg'ulotlarda tizzasidan jarohat olib, kamida ikki oyga safdan chiqdi.
Roberto Ispaniya terma jamoasiga bir yildan ortiqroq muddatdan beri chaqirilmayotgandi. U terma jamoasi tarkibida so'nggi marta 2019 yilning iyun oyida maydonga tushgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!