Rasman! "Roma" "Real" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347
Rimning "Roma" klubi "Real" hujumchisi Borxa Mayoralni ijaraga oldi. Bu haqda "Qirollik klubi" rasmiy sayti xabar bermoqda.
23 yoshli futbolchi ikki mavsum "Roma" tarkibida ijara asosida to'p suradi.
Transfermarkt portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, ushbu ijara shartnomasi 2 million evroni tashkil etdi.
Mayoral "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Mayoral avvalroq "Volfsburg" va "Levante" klublarida ijara asosida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!