Sancho va Dembeleni o'z safiga qo'shib olishni uddalay olmagan "MYu" e'tiborini boshqa futbolchiga qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

Ispaniyaning "Sevilya" klubi vingeri Lukas Okampos faoliyatini Angliyaning "Manchester Yunayted" klubida davom ettirishi mumkin deya xabar bermoqda ESPN.
Nashrning yozishicha, "qizil iblislar" Jjeydon Sancho ("Borussiya") va Usmon Dembele ("Barselona")larni qo'lga kiritishni uddalay olmaganidan keyin, argentinalik futbolchiga e'tibor berishni boshladi.
"Sevilya" o'z futbolchisini 40 million evro evaziga "MYu"ga qo'shib yuborishga rozi.
26 yoshli Okampos andalusiyaliklar tarkibida 2019 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Shu davr mobaynida u 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229