Ter Shtegen va "Barselona" shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen Kataloniyaning "Barselona" klubida qolishga va shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, tomonlar shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishga yaqin turishibdi.
Eslatib o'tamiz, germaniyalik darvozaboning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yili o'z yakuniga etadi.
O'tgan mavsumda 28 yoshli ter Shtegen "Barselona" tarkibida 46 ta uchrashuv o'tkazdi va 50 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226