Rasman! "Atalanta" yana bir transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261

Italiyaning "Atalanta" klubi o'zining rasmiy saytida "Sampdoriya" futbolchisi Fabio Depaolini o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
Bergamoliklar 23 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olgan. Bitimning boshqa bandlari hozircha oshkor qilinmayapti.
Depaoli "Sampdoriya" klubida 2019 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. U shu vaqt mobaynida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qildi.
Italiyalik futbolchining transfer narxi 4,5 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225