Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga imkoniyat qoldirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357

Bir necha daqiqa oldin Navoiydagi "Yoshlar sport majmuasi" stadionida Coca Cola superligasi 18-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur futbol uchrashuvi yurtimizda joriy qilingan karantin qoida va me'yorlari sabab muxlislarsiz tashkil etildi.
Uchrashuv futbochilarimizning hujumlari ostida boshlandi. 13-daqiqada Xolmuxammedoving uzatmasidan so'ng Norbekov to'pga biroz etolmay qoldi. 24-daqiqada Norbekovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. 29-daqiqada Alisher Sanoevning kutilmaganda yo'llagan kuchli va aniq zarbasini posboni Islomjon Abdullaev egallab oldi.33-daqiqada mezbonlar burchak zarbasidan samara chiqara olishmadi. 36-daqiqada jarima zarbasiga ega bo'ldik. Muhammanas Xasanovning zarbasi kuchli va aniq bo'ldi. Nesterov to'pga egalik qildi. Birinchi bo'lim nursiz durang bilan intiho topdi.
Ikkinchi bo'limni mezbonlar faol tarzda boshlashdi. 61-daqiqada raqiblarimizning zarbasi darvozamiz ustuniga tegib qaytdi. Oradan bir daqiqa o'tib, yaxshi hujum tashkil qildik . Norbekov ofsaydda qoldi. 72-daqiqada vakillarimiz ijrosidagi chiroyli hujum samarasiz yakun topdi. Norbekov qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, Bambaga to'pni uzatgan edi. Nesterov mahorat ko'rsatdi. 75-daqiqada futbolchilarimiz raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Murod Xolmuhammedoving uzatmasidan so'ng Norbekov hisobni ochdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, maydon egalari hisobni tenglashtirishdi. Jamshid Hasanov raqiblarimiz hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Gol o'tkazib yuborgach, darhol xisobni o'zgartirishimiz mumkin edi. Berdievning zarbasini Nesterov arang qaytardi. Qaytgan to'pni esa Azimov darvozaga joylay olmadi.Sardor kutmagan edi. 83-daqiqada navoiyliklar ikkinchi to'pni kiritishdi. Tomivaning pasidan keyin Kasminin uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi. Qolgan daqiqalarda futbolchilarimizda bir qator vaziyatlar bo'lganiga qaramay, hisobni tenglashtira olishmadi.
"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" – 2:1 (0:0)
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Naim Qosimov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Erkin Baxtiyorov.
Gollar: Jamshid Xasanov (79), Vladislav Kasminin (83). - Shohnazar Norbekov (75).
“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Vladislav Kosminin, 8. Ruslan Magriev, 10. Alisher Sanoev, 17. Salim Mustafoev, 18. Jasur Azimov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 23. Sherali Jo'raev, 44. Ibragim Gvadamosi, 75. Oleg Tolmasov, 88. Jamshid Hasanov (15. Vohid Shodiev – 89).
“Qo'qon-1912”: 96. Islomjon Abdullaev, 3. Bobir Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 9. Suhrob Berdiev, 10. Quvondiq Ro'ziev, 15. Oybek Rustamov, 17. Muzaffar Muzaffarov (91. Yakuba Bamba – 71), 20. Iqboljon Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov (13. Sardor Azimov – 71), 23. Aleksandr Merzlyakov (69. Filip Rayevats – 87), 70. Murod Xolmuhammedov.

Bosh sahifaga
230