Bundesliganing ikki klubi "Tottenxem" futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197
Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisi Rayan Sessenon faoliyatini Germaniyada ijara asosida davom ettirishi mumkin.
20 yoshli angliyalik futbolchiga «Xoffenxaym» va «Gerta» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda deya xabar tarqatdi Sky Sports.
Manbaning yozishicha, Sessenon katta ehtimol bilan ijara asosida Bundesliga yo'l oladi. Chunki, qiziqish bildirayotgan ikki klub ham angliyalik futbolchiga asosiy tarkibdan joy va'da qilmoqda.
Joriy mavsumda Rayan bor-yo'g'i bir marta «Tottenxem»ning Evropa Ligasi saralash bosiqichidagi o'yini qaydnomidan joy oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!