Kumandan yana bir yaxshi ko'rsatkich
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254
Kataloniyaning "Barselona" klubi La Liganing yangi mavsumini "Vilyarreal" va "Selta" klublarini mag'lub etgan holda, chempionatni yuz foizlik natija bilan boshladi.
Shu tariqa, Ronald Kuman chempionatning dastlabki ikki uchrashuvida gol o'tkazib yubormagan "Barselona" tarixidagi to'rtinchi murabbiyga aylandi.
Avvallari ushbu natijalarni Xerardo Martino (2013), Karles Reshak (1991) va Terri Veneyblsular (1984) qayd etishgandi.
Eslatib o'tamiz, Kuman "Barselona" klubini avgust oyida qabul qilib oldi va u Kike Setenni o'rnini egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!