Rasman! London klubi yana bir transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357
Chexiyaning «Slaviya» klubi himoyachisi Vladimir Tsoufal faoliyatini Londonning «Vest Xem» klubida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Transfermarkt portalining tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, «bolg'achilar» futbolchining transferi uchun 6 million evro sarf qildi. Tsoufal "Vest Xem" klubi bilan 2023 yilning iyun oyigacha shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsum Tsoufal «Slaviya» tarkibida 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi va uchta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!