Evropa ligasi. Guruh bosqichiga tashlanadigan qur'a haqida batafsil ma'lumot
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

Bugun Evropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tidbir haqida batafsil ma'lumot berib o'tamiz.
Qachon va qaerda?
Evropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 2 oktyabr kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.
Ishtirokchi jamoalar
Ispaniya (3): "Vilyareal", "Real Sosedad", "Granada"
Angliya (3): "Lester", "Arsenal", "Tottenxem"
Italiya (3): "Napoli", "Roma", "Milan"
Belgiya (3): "Antverpen", "Gent"**, "Standart"*
Niderlandiya (3): "Feyenoord", "Alkmaar"***, "PSV"*
Avstriya (3): "Volfsberg", "Rapid"***, LASK*
Chexiya (2): "Sparta" Praga, "Slaviya" Praga**, "Slovan"*
Germaniya (2): "Bayer", "Xoffenxaym"
Frantsiya (2): "Lill", "Nitstsa"
Portugaliya (2): "Braga", "Benfika"***
Shotlandiya (2): "Seltik"*, "Reynjers"*
Xorvatiya (2): "Dinamo Zagreb"*, "Rieka"*
Gretsiya (2): PAOK**, EAK*
Icroil (2): "Makkabi" Tel-Aviv**, "Xapoel B-Sh"*
Bolgariya (2): "Ludogorets"*, "TsSKA Sofiya"*
Rossiya (1): TsSKA Moskva
Ukraina (1): "Zarya"
Turkiya (1): "Sivasspor"
Norvegiya (1): "Molde"**
Kipr (1): "Omoniya"**
Shveytsariya (1): "Yang Boyz"*
Serbiya (1): "Tsrvena Zvezda"*
Norvegiya (1): "Molde"*
Ozarboyjon (1): "Qorabog'"*
Ruminiya (1): ChFR*
Polsha (1): "Lex"*
Irlandiya (1): "Dandolk" *
18ta klub to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'ldi;
* 21ta klub pley-off bosqichi g'olibi;
** Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichida mag'lub bo'lgan jamoalar;
*** 3ta klub EChL 3-saralash bosqichida mag'lub bo'lganlar.
Savatchalar tarkibi
UEFA klublar reytingi jadvali asosida jamoalar 4ta savatchaga ajratiladi.
Qur'a tartibi
Qur'adan avval 48ta klub 4ta savatchaga ajratiladi. 12ta guruhning har biriga savatchalardan bitta klub joylashtirib chiqiladi.
Bir mamlakat vakillari bir guruhdan o'rin olmaydi.
Qur'a tashlash jarayoni paytida Evropa ligasi-2019/2020ning eng yaxshi futbolchisi taqdirlanadi. Da'vogarlar top-3ligi: Ever Banega, Brunu Fernandesh va Romelu Lukaku.
Guruh bosqichi o'yinlari sanalari:
1-tur: 22 oktyabr
2-tur: 29 oktyabr
3-tur: 5 noyabr
4-tur: 26 noyabr
6-tur: 3 dekabr
6-tur: 10 dekabr

Bosh sahifaga
287