Tomas Myuller Germaniyaning eng sovrindor futbolchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Germaniya futbolida rekord o'rnatdi.
31 yoshli futbolchi Germaniya superkubogini qo'lga kiritgach, mamlakat tarixidagi eng sovrindor o'yinchiga aylandi. Endi Myuller hisobidagi sovrinlar soni 27taga etdi. Shu paytgacha rekord Bastian Shvaynshtaygerga tegishli edi — 26ta sovrin.
Tomas "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyatini ushbu jamoa safida o'tkazgan. Shu paytgacha hujumchi Bundesligada 9ta, Germaniya kubogida 6ta, Germaniya superkubogida 6ta, EChLda 2ta, UEFA superkubogida 2ta, klublar o'rtasidagi JCh va JCh-2014da bir martadan g'oliblikni qo'lga kiritgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242