Shomurodov uchun kurashga "A" Seriyaning yana ikki klubi qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 894

Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga transferi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, «Jenoa» sport direktori Daniele Fadjiano «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning transferini tasdiqlashiga qaramay, hamyurtimiz bu jamoaga o'tmasligi mumkin. Chunki A seriyaning yana 2 klubi "Verona" va "Fiorentina" Eldor Shomurodov uchun 10 million evrogacha "Rostov"ga taklif qilishga tayyor.
Shu bilan birga, "binafshalar" futbolchi uchun summani birdaniga to'liq holda, "Verona" va "Jenoa" esa faqat bo'lib to'lamoqchi. Bunday vaziyatda genuyaliklarning taklifi eng maqbul ko'rinishga ega emas, shuning uchun futbolchi "Jenoa"ga o'tmasligi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247