"Jenoa" Shomurodov transferini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 813

"Jenoa" klubi sport direktori Daniele Fajiano "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov transferini tasdiqladi.
"Biz transfer shartlari borasida kelishuvga erishdik. Shomurodov yaqin kunlar ichida Italiyaga etib kelishi kerak. Umid qilamanki, barchasi tez orada hal bo'ladi", - deya Fajianoning so'zlarini keltirmoqda Metaratings.
Avvalroq, "Rostov" klubi Eldor Shomurodovni 9 million evro evaziga Italiya klubiga qo'yib yuborishga rozi bo'lgani haqida xabar berilgandi. Futbolchining o'ziga 3 yillik shartnoma va yiliga 600-700 ming evro maosh taklif qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244