Angliya liga kubogi. «Tottenxem» «Chelsi»ni mag'lub etib, chorak finalga chiqdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 653

Angliya liga kubogi nimchorak final bosqichi doirasida «Tottenxem» o'z uyida «Chelsi»ni qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan bo'lsa, qo'shimcha bo'limlarda hisob o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa omad Mourino jamoasiga kulib boqdi — 5:4.
Angliya liga kubogi, 4-bosqich
Tottenxem – Chelsi 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 5:4
Gollar: 0:1 – 19 Verner, 1:1 – 83 Lamela.
Tottenxem – Loris, Regilon, Ore, Tanganga (Keyn, 70), Dayer, Sissoko, Ndombele, Lamela, Jedson Fernandesh (Xeyberg, 63), Bergveyn (Lukas Moura, 76), Alderveyreld.
Chelsi – Mendi, Tomori, Chiluell (Emerson, 66), Zuma, Aspilikueta, Kovachich (Kante, 70), Jorjino, Maunt, Xadson-Odoi, Jiru (Abraxam, 76), Verner.
Ogohlantirishlar: Kovachich (45), Ore (59), Tanganga (61), Jorjino (83).

Bosh sahifaga
239