Matteus: «Kramarich Levandovskidan yaxshi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 780

Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus Germaniya chempioni tezroq «Xoffenxaym» hujumchisi Andrey Kramarichni o'z safiga qo'shib olishi kerak degan fikrda.
«Men «Bavariya»ni tezroq harakat qilishga chaqiraman. Levandovskiy o'zining eng kuchli mavsumini o'tkazdi, endi unda pasayish kuzatiladi. Uning yoshini hisobga olish kerak. Kramarich esa unday emas. U Robertdan 3 yosh kichik, biroq, 35 yoshgacha yuqori saiyada futbol o'ynay oladi.
Kramarich Levandovskidan kuchli, «Bavariya» buni tan olishi kerak. Transfer oynasi ochiq paytida uni sotib olish shart», — dedi Matteus.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242