Usmon Dembele APLga ko'chib o'tishga juda yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 952

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan frantsiyalik hujumchi Usmon Dembelening transferi borasida deyarli kelishuvga erishganligi haqida AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, ushbu transfer 50-60 million evroni tashkil etadi. Dembelening transferidan tushgan mablag'ning bir qismini "Barselona" "Lion" hujumchisi Memfis Depayni sotib olish uchun sarflaydi.
23 yoshli Dembele "Barselona" tarkibida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U "ko'k-anorranglilar" tarkibida 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol kiritdi va 16 ta golga assistentlik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240