"Barselona"ning maqsadlari qanday? Ter Shtegen javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning fikricha, uning jamoasi joriy mavsumda sovrinlar uchun kurash olib boradi.
"Barselona" futbolchilari har doimgidek maydonga g'alaba uchun chiqishadi. Jamoamizda katta o'zgarishlar ro'y berdi, shu sababli, moslashib olishimiz kerak. Bizning maqsadimiz - barcha sovrinlarni qo'lga kiritish. Oldimizda uzun mavsum turibdi", - ter Shtegenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.
28 yoshli ter Shtegen ayni paytda jarohatidan keyingi tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Darvozabon noyabr oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240