Rasman: «Lester» yana bir transferni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278
Frantsiyaning «Sent-Eten» klubi markaziy himoyachisi Uesli Fofana faoliyatini Angliyaning «Lester» klubida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda Frantsiya klubi rasmiy sayti e'lon berdi.
Xabarlarga qaraganda, «Sent-Eten» 19 yoshli Fofananing transferidan 40 million evro ishlab oldi.
Fofana Frantsiya klubida 30 ta uchrashuv o'tkazdi va ikkita gol kiritishga erishdi. U «Sent-Eten»dagi debyut uchrashuvini 2018 yili o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!