«Barselona» Depay borasida yakuniy taklifni yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249
Kataloniyaning «Barselona» klubi «Lion» hujumchisi Memfis Depayni sotib olish niyatidan qaytgani yo'q.
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «blaugranaslar» niderlandiyalik futbolchining transferi borasida yakuniy taklifni yuborishdi. «Barselona» Depay uchun 20 million evrodan ko'p mablag' sarf qilish niyatida emas.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, ushbu bitimni amalga oshirishni «Barselona» klubi yangi bosh murabbiyi Ronald Kumanning shaxsan o'zi xohlamoqda. Biroq, ushbu bitim amalga oshmasligi ham mumkin, chunki, «Lion» ushbu transferdan kamida 25-30 million evro ishlab olishni mo'ljallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!