Rasman! Keyta A Seriya klubiga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388

Frantsiyaning "Monako" klubi hujumchisi Belde Keyta Italiyaning "Sampdoriya" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda frantsiyaliklarning rasmiy sayti xabar bermoqda.
25 yoshli Keyta italiyaliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U bir mavsum ijara asosida to'p suradi, undan keyin esa "Sampdoriya" Keytani to'laqonli ravishda sotib oladi.
O'tgan mavsumda Keyta "Monako" tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216