"Milan" "MYu" himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Diogu Dalot faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sky Sport Italia nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, portugaliyalik himoyachiga "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Rossonerlar" 21 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor. O'z navbatida "MYu" rahbariyati o'z futbolchisini to'laqonli ravishda sotish variantini ko'rib chiqishmoqda.
Dalotning transfer narxi 12 million evro atrofida baholanmoqda. Dalot "MYu" tarkibida ikki mavsumda 34 ta uchrashuv o'tkazdi va 1 ta gol urish bilan bir qatorda 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198